Jahon | 14:26 / 09.01.2016
5065
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya KXDRning ballistik raketa sinovlari aks etgan videorolikni soxta deb baholadi

Janubiy Koreya harbiylari KXDR suv osti kemasidan ballistik raketasi uchirilishi qayd qilingan videolavhani qalbaki deb baholamoqda. Bu haqda Ryonxap agentligi xabar bermoqda.

Zobitlardan birining so‘zlariga qaraganda, video ilgarigi videolavhalarning parchalarini birlashtirish yo‘li bilan tayyorlangan. Shu tariqa, ekspertlarning fikricha, Shimoliy Koreya aslida ballistik raketa sinovlarini o‘tkazmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish