Jahon | 10:45 / 09.01.2016
8227
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR submarinalar ballistik raketalari sinovidan yangi kadrlarni e'lon qildi

KXDR suv osti kemalariga mo‘ljallangan ballistik raketalari sinovidan yangi kadrlarni e'lon qildi. Taxminan 2015 yilning 21 dekabrida o‘tkazilgan sinovlarning videosi Shimoliy Koreya markaziy televideniyesi orqali shu haftaning juma kuni ko‘rsatildi.

Yangi rolikda raketaning vertikal starti namoyish etilgan. Jarayonni mamlakat rahbari Kim Chen In kuzatib borgan.

Ilgariroq KXDR may oyidagi sinovlar videosini e'lon qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish