Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mazda xavfsizlik yostig‘idagi nosozlik tufayli 374 ming avtomobilni ortga chaqirtirib olmoqda
Yaponiyaning Mazda avtokonserni Takata kompaniyasi ishlab chiqargan xavfsizlik yostig‘idagi nosozlik tufayli AQSh bozoridan 374 ming avtomobilini ortga chaqirtirib olayotganini e'lon qildi. Bu haqda 8 yanvarda kompaniya tarqatgan bayonotda aytilmoqda.
AQShda 2003-2008 model yillaridagi Mazda 6, 2006-2007 model yillaridagi Mazda Speed 6 va 2004 yilda ishlab chiqarilgan RX-8 sportkari chaqirtirib olinadi.
Avvalroq Mazda AQShdan xuddi shu muammo tufayli 100 ming avtomobilni qaytarib olishini e'lon qilgandi.
Takata 2014 yilda xalqaro mojaro markazida qoldi. Ushbu kompaniya ishlab chiqaradigan xavfsizlik yostiqchalari avtomobil harakatlanishi paytida o‘z-o‘zidan ochilib ketishi aniqlangan. Havo purkagichlardagi nosozlik yostiqchalar ochilganda odamga metall bo‘laklar otishiga olib kelishi mumkin. Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda shunday holat sababli 8 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi yaralangan.
2015 yil mayida Takata AQShda ishlab chiqarilgan 34 mln ga yaqin mashinani buzuq hamda nosoz xavfsizlik yostiqchalari bilan jihozlanganini tan olgan. Bunday ko‘p sondagi avtomobilning ortga chaqirtirib olinishi AQSh tarixidagi eng yirigi bo‘lgan.