Jahon | 15:49 / 09.01.2016
4323
1 daqiqa o‘qiladi

Merkel muhojirlarni deportatsiya qilish tartibi qayta ko‘rib chiqilishini ma'lum qildi

Germaniya muhojirlarni deportatsiya qilishning amaldagi tartibini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda reyxskansler Angela Merkel Kyolnda sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan qilgan chiqishida aytib o‘tdi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, Germaniyadan faqat sud tomonidan 3 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinganlar deportatsiya qilinishi mumkin. O‘z vatanida o‘lim xavfi ostida qoladigan odamlarni deportatsiya qilish mumkin emas.

Ayrim faollar har qanday muddatga hukm qilingan muhojirlarni deportatsiya qilish taklifini bildirmoqda.

“Menimcha, bo‘lib o‘tgan voqealar o‘zgarishlar zarurligini ko‘rsatdi, - dedi Merkel xonim. – Ichki ishlar va adliya vazirlari variantlarni muhokama qilmoqda”.