Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Britaniya harbiylarining Iroqdagi jinoyatlari bo‘yicha 50ta ish qo‘zg‘atiladi
Buyuk Britaniya harbiy xizmatchilarining Iroqda sodir etgan jinoyatlari bilan bog‘liq ravishda 50ta jinoiy ish qo‘zg‘atilib, taftishlar olib boriladi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, tergovchilar ko‘rib chiqayotgan ishlar kamida 50 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar yuzasidan qo‘zg‘atilgan.
“Agarda prokuratura bu faktlarni tasdiqlasa, biz sud eshituvlaridan qochmaymiz, - dedi harbiy jinoyatlar bo‘yicha sobiq prokuror Endryu Keli. – Shu bilan birga, agarda yetarlicha asos bo‘lmasa, Britaniya qurolli kuchlarining birorta harbiy xizmatchisini ta'qib ostiga olmaymiz”.