Jahon | 15:20 / 09.01.2016
5676
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda barcha turdagi qo‘shinlarning harbiy tayyorgarligi tekshirila boshlandi

Qozog‘istonda o‘quv trevogasiga ko‘ra qurolli kuchlarning barcha turdagi qo‘shinlari oyoqqa turg‘izildi. Bu haqda respublika mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Qozog‘iston qurolli kuchlari yuqori harbiy tayyorgarlik darajasida. O‘quv signali asosida barcha turdagi qo‘shinlar oyoqqa ko‘tarildi”, - deyiladi xabarnomada.

Aytilishicha, quruqlik qo‘shinlari guruhlari o‘quv markazlari va poligonlarda o‘quv vazifalarini bajarishga kirishib ketgan. O‘quvlarda aviatsiya ham ishtirok etmoqda.

O‘tgan yili Qozog‘istonda harbiy qismlarning tayyorgarligi 170 marta rejali asosda tekshiruvdan o‘tkazilgan edi.