Jahon | 22:17 / 09.01.2016
10240
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni Eronga nisbatan yangi choralarni qo‘llashi mumkin

Saudiya Arabistoni TIV rahbari Adel Jubayr ar-Riyodning ma'lum qilishicha, Eron boshqa mamlakatlar ishiga aralashishda davom etgan taqdirda Tehronga nisbatan yangi choralarni qo‘llashini ma'lum qilgan.

“Eron joriy siyosatini davom ettirsa, biz qo‘shimcha choralarni qo‘llaymiz” – deya fikr bildirgan u tezkor yig‘ilishdan keyin bo‘lib o‘tgan brifingda.

Bundan avvalroq Saudiya Arabistoni TIV rahbari qirollik Eron bilan diplomatik aloqalarga chek qo‘yishini ma'lum qilgan edi. 3 yanvar kuni eronlik norozi kishilar Saudiya Arabistonining Erondagi elchixonasiga hujum uyushtirishgan.

O‘z navbatida Eron TIV Saudiya Arabistonini aql bilan ish ko‘rishga chaqirgan.