Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 15:42 / 09.01.2016
4014
1 daqiqa o‘qiladi
Xabi Alonso: Gvardiola – men ishlagan murabbiylar ichida eng yaxshisi
“Bavariya” yarim himoyachisi Xabi Alonso jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning ishdan ketgani, uning o‘rnini Karlo Anchelotti egallagani haqida fikr bildirdi.
“Men jamoadoshlarimga Anchelottining qay darajada yaxshi ekanligi haqida aytdim, - dedi u. – U ajoyib murabbiy, u “Milan” va “Real” bilan Chempionlar Ligasini olgan”.
“Gvardiolaga kelsak, butun jamoa bilan uning qolishini istagan edik, - tan oldi Alonso. – Pep men birga ishlagan murabbiylar ichida eng yaxshisidir”.