Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:16 / 09.01.2016
3727
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoyda 58 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan ko‘chki yuzasidan hibsga olinganlar soni 16 kishiga yetdi
Xitoyning Shenchjen shahri politsiyasi dekabr oyida sodir bo‘lgan yer siljishi bilan bog‘liq ish doirasida yana besh kishini qo‘lga oldi, deb xabar beradi Sinxua agentligi.
Shu tariqa, mas'uliyatsizlik va beparvolikda ayblanib hibsga olinganlar soni 16 kishiga yetdi. Yer ko‘chishi 20 dekabr kuni sodir bo‘lgan edi.
30ta bino tuproq ostida qolib ketdi, ayni paytga qadar 58 kishining jasadi topildi. Keyinchalik fojia noqonuniy chiqindixona yuritilishi tufayli kelib chiqqani aniqlandi.