Jahon | 18:34 / 09.01.2016
5598
1 daqiqa o‘qiladi

XXRning eng yirik alyuminiy ishlab chiqaruvchisi zavodini yopib, 13 ming kishini ishdan bo‘shatishi mumkin

Dunyodagi eng yirik alyuminiy ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri, Xitoyning CHINALCO kompaniyasi alyuminiy oksidi ishlab chiqaruvchi "Chjunlyuy Shansi" zavodini (Shansi viloyati) yopib yuborishi mumkin. SINA axboriy portalining xabar berishicha, qaror amalga oshirilgan taqdirda 13 ming kishi ishsiz qolishi mumkin.

Portal xodimlarining qo‘liga kelib tushgan hujjatlarda ko‘rsatilishicha, alyuminiy narxlarining tushishi bu choraning qabul qilinishiga sabab bo‘lgan.

“Ushbu vaziyatda kompaniyaning o‘zi uchun og‘ir va qiyin bo‘lgan bu yo‘ldan yurmay iloji yo‘q; birinchi chorak davomida shtatni qisqartirishni amalga oshirishni, hattoki ishlab chiqarishni to‘laligicha to‘xtatishni rejalashtirmoqdamiz”, - deyiladi hujjatda.