Jahon | 18:01 / 09.01.2016
5585
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya TIV Rossiya va Xitoyni KXDRga qarshi sanksiyalar joriy qilishga ko‘ndirmoqchi

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida rossiyalik va xitoylik hamkasblari bilan telefon orqali muloqot qilib, unga KXDRga qarshi sanksiyalar joriy etish zaruratini tushuntiradi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Men telefon orqali Rossiya va Xitoy tashqi ishlar vazirlari bilan gaplashishni rejalashtirmoqdaman, ammo bu keyingi hafta boshida bo‘ladi”, - dedi vazir.

Uning so‘zlariga qaraganda, Shimoliy Koreyani tinchlik yo‘liga boshlash uchun qat'iy choralar ko‘rish kerak.