Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zohirshoh Jo‘rayev videoklipi premerasini restoranda o‘tkazadi
Jo‘rayevlar sulolasining kenja vakili Zohirshoh yangi qo‘shig‘iga ishlangan klip taqdimoti yaqin kunlarda o‘tkazilishini ma'lum qildi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasi orqali ma'lum qildi.
Rus tilida kuylangan “Mama” nomli qo‘shiq mashhur shoir Rasul Hamzatovning she'riga kuylangani ta'kidlanmoqda.
“Dog‘iston xalq shoiri Rasul Hamzatovning ona madhida yozgan she'rlari butun dunyoda sevib o‘qiladi, dilbar qo‘shiqlarga aylanadi, - deyiladi xabarnomada. – “Mama” she'ri har buyuk shoir qalamiga mansub. Otam bundan 30 yil avval uni musiqaga solib, maromiga yetkazib ijro etgan edilar. Men bu qo‘shiqni kuylashni bolaligimdan istardim... Yangi yil avvalida mazkur taronaga klip olishga ham ulgurdik”.
Klip taqdimoti 14 yanvar kuni “Sarbon” restoranida o‘tkaziladi.