Sport | 00:14 / 10.01.2016
4649
2 daqiqa o‘qiladi

“Formula 1” tarixidagi ilk poygachi ayol 89 yoshida vafot etdi

“Formula 1” tarixidagi ilk poygachi ayol italiyalik Mariya-Tereza de Filippis 89 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Italiyalik poygachi 1958-1959 yillar davomida besh marotaba Gran-priga erishishga harakat qilgan, biroq bor-yo‘g‘i uch marotaba bunga muvaffaq bo‘lgan. U shaxsiy Maserati 250 F da poygada qatnashgan.

1958 yilda Mariya-Tereza Monako Gran-prisini qo‘lga kirita olmagan. Keyinroq o‘sha yilning o‘zida u o‘zining belgiyalik Spada bo‘lib o‘tgan “Formula 1” dagi ilk poygasini o‘tkazgan. Bu u g‘olib Toni Bruksdan ikki aylanagagina ortda qolgan va so‘nggi o‘ninchi o‘rinni egallab, finishga yetib borgan yagona poyga edi.

O‘sha 1958 yilning o‘zida u Italiya va Portugaliya bosqichlarida ishtirok etgan, biroq dvigatel bilan bog‘liq muammolar tufayli poygani yakunlay olmagan.

De Filippis 1959 yilda Jan Berning Germaniyadagi Gran Pridagi vafotidan so‘ng avtosportni batamom tark etdi.

Undan tashqari, “Formula-1” Gran-prisida yana bir ayol poygachi Lella Lombardi ishtirok etdi. U 1992 yilda 50 yoshida vafot etgan edi.