Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:30 / 10.01.2016
4304
1 daqiqa o‘qiladi
2015 yil avgustidan buyon Turkiya janubi-sharqida 162 tinch aholi vakili halok bo‘ldi
2015 yilning 16 avgustidan buyon Turkiya janubi-sharqida 162 tinch aholi vakili halok bo‘ldi. Bu haqda Turkiya inson huquqlari jamg‘armasi xabar berdi.
Ko‘rsatilgan sanadan buyon Diyorbakr, Shirnoq, Mardin, Xakkari viloyatlarining 19 elchasida 58 marta favqulodda vaziyat e'lon qilingan.
“Bu jarayonda odamlarning fundamental bo‘lgan yashash huquqi buzilgan va, bizdagi ma'lumotlarga qaraganda, 162 tinch aholi vakilining, shu jumladan, 29 ayol, 32 bola va 60 yoshdan katta 24 kishining o‘limiga olib kelgan”, - deyiladi hisobotda.