Jahon | 18:03 / 10.01.2016
6406
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Janubiy Koreyaga atom aviatashuvchisini olib kelishi mumkin

AQSh Koreya yarim oroliga Yaponiyada joylashgan “Ronald Reygan” atom aviatashuvchisini olib o‘tishi mumkin. Ryonxap agentligining ma'lum qilishicha, KXDR tomonidan 6 yanvar kuni vodorod bombasi sinovlari o‘tkazilgani haqidagi xabarlar AQSh va uning ittifoqchisi bo‘lgan Janubiy Koreyani shunga majbur qilishi mumkin.
Ilgariroq AQShning Guamdagi bazasida joylashgan V-52 bombardimonchisi ikki qiruvchi kuzatuvida Koreya ustidan sinov tariqasida uchib o‘tgani xabar qilingan edi.