Jahon | 12:08 / 10.01.2016
13176
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning V-52 samolyoti Koreya ustidan uchib o‘tdi

AQShning V-52 og‘ir bombardimonchisi sinov tariqasida Janubiy Koreya ustidan uchirildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Guamdagi bazada saqlanuvchi samolyot AQSh va Janubiy Koreyaga tegishli ikkita qiruvchi kuzatuvi ostida parvozni amalga oshirdi.
“Bugungi parvoz ittifoqning kuchi va salohiyatini ko‘rsatdi”, - dedi AQShning Janubiy Koreyadagi qo‘shinlari qo‘mondoni Kyortis Skaparrotti.