Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA Arab davlatlari ligasini Eronga nisbatan yagona pozitsiya ishlab chiqishga chaqirdi
BAA Eron arab davlatlarining ishlariga aralashayotganiga keskin norozilik bildirib, Arab davlatlari ligasining barcha a'zolarini unga nisbatan yagona pozitsiyada turishga chaqirdi. Bu haqda liga tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida BAA vakili Abdulla bin Zayd al-Nahayyon bayonot berdi.
“Saudiya Arabistonining diplomatik missiyaga uyushtirilgan hujumni keskin qoralaymiz va Eronning Saudiya Arabistoni ishlariga aralashish siyosatini rad qilamiz, - deyiladi bayonotda. – Barcha arab davlatlarini bu masalada yagona pozitsiya egallashga chaqiramiz”.