Sport | 14:24 / 10.01.2016
16030
2 daqiqa o‘qiladi

Dostonbek Hamdamov Ispan klublari nigohida

Ispaniyadagi mashhur "Number 1 sport" internet nashri Qatarda shu yilning 12-30 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan U-23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga bag‘ishlab maqola chop etdi.

E'tiborli jihati shundaki unda hamyurtimiz Dostonbek Hamdamovga alohida to‘xtalib, u haqida Ispaniyaning ba'zi klublari, uning o‘yinini bir necha oydan beri kuzatib kelayotganligini ta'kidlaydi. Ispaniyada mashhur bo‘lgan "Number 1 sport" nashrida hamyurtimiz haqida batafsil ma'lumotlar keltiriladi. Qayd etilishicha, "Bunyodkor" klubining hujumkor yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov uchun 2015-yil omadli kelgan. U Osiyoning "Eng yahshi yosh futbolchisi" sovriniga ega bo‘lganligi bilan nafaqat Osiyoda balki Yevropada ham tanilib bormoqda".

Shuningdek, maqolada hamyurtimizni Osiyo kubogining asosiy yulduzi bo‘lishi mumkinligi bashorat qilinmoqda. Agar haqiqatdan ham shunday bo‘lsa bizning "yulduzimiz" shu yilning o‘zida Ispaniya klublariga taklif qilinib, faoliyatini mashhur klublarda davom ettirsa ajab emas. Futbolchimiz Ispaniya klublaridan biriga o‘tsa Yevropaning TOP chempionatida o‘ynagan ilk o‘zbek futbolchisi bo‘lishi mumkin. Shu o‘rinda hamyurtimizga omad tilab qolamiz. Voqealar rivojini esa kuzatib boramiz, deb yozadi Uzreport.uz.