Jahon | 12:36 / 10.01.2016
8183
1 daqiqa o‘qiladi
Eronliklarning AQSh kemasi yaqinida o‘t ochgani qayd qilingan video e'lon qilindi
AQSh harbiy dengiz kuchlari eronlik harbiylarning “Harri Trumen” aviatashuvchisi borti yaqinida o‘t ochgani qayd qilingan videolavha e'lon qilindi. Bu haqda The Business Insider nashri xabar bermoqda.
Voqea dekabr oyining oxirida sodir bo‘lgani aytilmoqda. Xurmuz ko‘rfazidagi o‘quv doirasida Eron harbiylari raketa otgan, ayni chog‘da ularning yaqinidan “Harri Trumen” aviatashuvchisi o‘tayotgan edi. Shu bilan birga, raketalar boshqa nishonga yo‘naltirilgani tan olindi.
Videolavha Seahawk harbiy vertolyotidan tasvirga tushirilgan.