Jahon | 21:52 / 10.01.2016
7543
1 daqiqa o‘qiladi
Iroq maxsus politsiyaning imkoniyatlarini namoyish etib berdi
Iroqda Politsiya kuni munosabati bilan namoyish o‘tkazildi. Bu haqda mahalliy matbuot xabar berdi.
2004 yilning 10 yanvar kuni Iroq hukumati maxsus politsiya kuchlarini shakllantirgan edi. Dastlab bu qo‘shin 5 ming jangchidan iborat bo‘lib, 3 otryadga bo‘linardi: kommandos, jamoat tartibini saqlash brigadalari va mexanizatsiyalashgan brigadalar.
Keyinchalik bular harbiy qismlarga aylantirilib, Iroq armiyasi tarkibiga qo‘shib olindi.