Jamiyat | 20:17 / 10.01.2016
3848
1 daqiqa o‘qiladi

J. J. Abrams yangi “Yulduzli janglar”ning tanqidchilariga javob berdi

“Yulduzli janglar: kuchning uyg‘onishi” blokbasterining rejissyori Jyeffri Jyeykob Adams yangi filmni tanqid ostiga olgan jurnalist va tahlilchilarga javob berdi. The Hollywood Reporter nashrining eslatib o‘tishicha, kinotanqidchilar kartinaning plagiatga to‘laligini e'tirof etmoqda.

“Bizni hamma narsani eski filmlardan o‘g‘irlashda ayblayotganlarni tushunaman, - dedi kinoijodkor. – Ammo mening asosiy ishim yangi personajlarni bayonga olib kirish, yangi syujyetni barchaga ma'lum tarix asosida aytib berish edi, ya'ni oldinga yurish uchun oldinga qadam tashlashim kerak edi”.

Abrams tanqidlar bo‘lishini bilganini, ammo ularning soni bu qadar ko‘p bo‘lishini kutmaganini tan oldi.

Shunga qaramay, kartina prokatda ulkan muvaffaqiyat qozondi: u shu paytgacha 1.6 mlrd dollar to‘pladi.