Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 12:02 / 10.01.2016
4543
1 daqiqa o‘qiladi
Keylor Navas: Zidan “Real” futbolchilarini sokinlikka chaqirdi
Madridning “Real” jamoasi darvozaboni Keylor Navas Ispaniya chempionatining 19-turi doirasida “Deportivo” ustidan erishilgan yirik hisobdagi (5:0) g‘alaba haqida fikr bildirdi.
“Xudoga shukur, biz yaxshi o‘yin ko‘rsatdik va to‘p o‘tkazmadik. Zidan bizdan faqat bitta narsani – tinchlanishimizni so‘radi. O‘z kuchlarimizga esa har doim ishonganmiz”, - dedi u.
“Real” bundan buyon faqat olg‘a ketadi, degan umiddaman”, - dedi u MoviStar Plus efirida.