Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Les Echos: neft narxining tushishi Saudiyaga ziyon keltiradi
Neft narxining tushib ketishi Saudiya Arabistoni g‘aznasini bo‘shatmoqda, negaki mamlakat ko‘plab harbiy operatsiyalarga bosh suqib qo‘ygan, aholisiga esa ulkan ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi, deb hisoblaydi Les Echos kolumnisti.
“Qora oltin narxi yigirma yil ichida eng past darajada turgan bir paytda o‘n kun muqaddam Saudiya Arabistonida yoqilg‘i narxi 50 foizga oshdi. Riyodda boshqa chora yo‘q edi. Uning g‘aznasi neft narxining tushishi tufayli tez bo‘shamoqda”, - deyiladi materialda.
Yoqilg‘i subsidiyasini tushirgan Saudiya endilikda bu ishni suv va elektr quvvatiga nisbatan ham qilmoqchi, shuningdek, zarur bo‘lmagan ayrim qurilishlar to‘xtatilishi mumkin. Bu esa, jurnalistning fikricha, boylikka o‘rganib qolgan davlat uchun og‘ir qurbonlikdir.
2016 yilda byudjyet kamomadi YaIMning 19 foizini yoki 87 mlrd dollarni tashkil qilishi kutilmoqda. Ammo ijtimoiy yordamni to‘xtatishning imkoni yo‘q. Saudiyada 30ga kirmagan odamlar hech narsa bilan band bo‘lmay, radikal oqimlarga tez berilib ketadi. 30ga yetmaganlar mamlakatning 27 mln kishilik aholisining uchdan ikki qismini tashkil qiladi.