Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston chegarachilari qirg‘izistonliklar tomonidan metall quvurlarning o‘g‘irlanishini to‘xtatib qolishdi
9 yanvar kuni O‘zbekiston chegarachilari Namangan viloyatining Uychi tumanidagi O‘rikzor aholijoyi hududida metall quvurlarni o‘g‘irlash harakatini bartaraf qilishdi.
MXX qoshidagi Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi matbuot xizmati taqdim etgan ma'lumotlarga qaraganda, chegara naryadining ogohlantirishiga qaramay, qayd qilingan qonunbuzarlar o‘z harakatlarini davom ettirgan, buning natijasida ularga qarshi o‘t ochishga to‘g‘ri kelgan.
Buning oqibatida Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Oqsuv tumani Deres aholijoyida yashovchi 31 yoshli M. Buljiyev chap oyog‘idan yaralanib, Uychi tuman shifoxonasiga yetkazilgan. Un muolajadan o‘tkazilgan va ayni paytda ahvoli yaxshi.
Uning sheriklari Qirg‘iziston hududiga qochib o‘tishga ulgurgan.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.