Jahon | 18:47 / 10.01.2016
3546
2 daqiqa o‘qiladi

Parij markazida yanvar teraktlarining bir yilligi munosabati bilan minglab odamlar to‘plandi

Parijning Respublika maydonida 2015 yilda Fransiyada sodir bo‘lgan teraktlarini yodgi olish niyatida minglab odamlar to‘plandi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Aktsiyada prezident Fransua Olland, bosh vazir Manuel Vals, ichki ishlar vaziri Bernar Kaznev, Parij hokimi Ann Idalgolar ishtirok etdi.
Davlat rahbari maydonda xotira taxtachasini ochib berdi. Unda quyidagi so‘zlar yozilgan edi: “Parij, Monruj va Sen-Denida 2015 yilning yanvar va noyabr oylarida sodir bo‘lgan teraktlar qurbonlari xotirasiga”.
Parij hokimi to‘planganlarni shu bugun kechki paytda o‘tadigan yana bir xotira aksiyasida ishtirok etishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 2 yanvar oyida Charlie Hebdo jurnali tahririyatiga bostirib kirgan ikki terrorchi jurnal xodimlarini o‘qqa tutishi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan edi. 7 yanvar kuni Parij chetida, Monruj shaharchasida noma'lum shaxs politsiya va maxsus xizmatlar xodimlarini otib o‘ldirdi. Politsiya xodimasi bo‘lgan ayol halok bo‘ldi. Ertasi kuni jurnal tahririyatiga hujum uyushtirgan ikki terrorchi Dammarten-an-Goel degan joydagi tipografiyada bir kishini asirga olishdi. O‘sha paytning o‘zida Monrujda terakt uyushtirgan erkak Parijdagi yahudiy do‘koniga bostirib kirib, o‘t ochdi 4 kishini o‘ldirdi.
23 noyabr kuni Parijning yetti joyida qariyb bir paytda sodir etilgan teraktlar oqibatida 100dan ortiq odam halok bo‘ldi.