Sport | 16:12 / 10.01.2016
10660
1 daqiqa o‘qiladi

Ravshan Ermatov: Ritstsolining o‘zi ham JCh finalida men hakamlik qilishimga amin edi

O‘zbekistonlik mashhur hakam, 2015 yilda jahonning eng yaxshi hakami deb tan olingan Ravshan Ermatov Repden saytiga bergan intervyusida 2014 yili Braziliyada o‘tgan Jahon chempionati finali arafasida ro‘y bergan qiziqarli voqeani yodga oldi.
Ma'lumki, o‘shanda ko‘pchilik ekspertlar chempionatning final uchrashuvida aynan Ravshan Ermatov hakam etib tayinlanishini bashorat qilgan edi. Ammo bu sharaf uning italiyalik hamkasbi Nikola Ritstsoliga nasib qilgandi.
“Biz u bilan bu haqda gaplashgandik, albatta, - dedi Ermatov. – Ritstsolining aytishicha, hakamlik korpusida ko‘plar final o‘yiniga aynan bizning brigada tayinlanishiga ishongan ekan. Hech kim shubhalanmagan, lekin pirovardida omad italiyaliklarga kulib boqdi”.
“Ritstsolining aytishicha, u final o‘yini bizga berilishiga ishongan, shu bois faqat menga qarab turgan, chunki mening reaksiyamga qiziqqan”, - tushuntirdi u.