Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya yadroviy sinovlar bilan bog‘liq ravishda KXDRga nisbatan sanksiyalar joriy qilishi mumkin
Rasmiy Tokio 6 yanvar vodorod bombasi sinovlarini o‘tkazganini iddao qilayotgan Shimoliy Koreyaga pul o‘tkazmalarini cheklash, shuningdek, gumanitar yordamni to‘xtatish, Yaponiya portlarini Shimoliy Koreya kemalari uchun yopib qo‘yish singari sanksiyalar ustida bosh qotirmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe bayonot berdi, deb yozadi RIA novosti.
KXDRning vodorod bombasi sinovdan o‘tkazilgani haqidagi bayonoti butun dunyoda katta vahimaga sabab bo‘ldi. AQSh Janubiy Koreyadagi kuchlarini mustahkamlash ustida ish boshlab yubordi, hattoki bu yerga atom aviatashuvchisi olib kelinishi mumkinligi aytilmoqda. Yaponiya ham o‘z tomonidan Shimoliy Koreyaning yadroviy tahdidiga iqtisodiy sanksiyalar bilan javob berishni ko‘zlamoqda.
Kyodo agentligining ma'lum qilishicha, Sindzo Abe Yamaguchi prefekturasida bergan bayonotida “KXDRga qat'iy javob berilishi”ni ishontirib aytgan.