Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada temir yo‘l birgina o‘quvchi qiz uchun ishlaydi
Xitoy OAV ma'lumot berishicha, Yaponiyaning Xokkaydo orolidagi Kami-Sirataki temir yo‘l stansiyasi yagona yo‘lovchi uchun ishlamoqda.
Uch yil avval Yaponiya temir yo‘li u qadar mashhur bo‘lmagan va uzoq yo‘nalish bo‘ylab harakatni to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilgan edi. Biroq Kami-Sirataki stansiyasida o‘quvchi qiz yashashi haqida bilganliklaridan so‘ng temir yo‘lchilar harakatni qisman tiklashga qaror qildilar.

Mazkur stansiyada poyezdlar kun davomida ikki marotaba turli vaqtlar – qizchaning darslariga bog‘liq ravishda to‘xtaydi.
2016 yilnnig mart oyida qizcha maktabni tamomlaydi. Ana shunday keyin mazkur yo‘l bo‘ylab harakat batamom to‘xtatiladi.




