Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:01 / 11.01.2016
3828
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Suriya va Iroqda jangarilarga qarshi 25ta havo zarbasi yo‘lladi
10 yanvar kuni AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya samolyotlari Suriya va Iroq hududidagi IShID pozitsiyalariga 25 marta havo zarbasini amalga oshirdi. Bu haqda harbiy manbalarga tayanib, Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, Suriyadagi 6ta shahar bo‘ylab 14ta nuqtaga bomba tashlangan. Bu zarbalar natijasida jangarilarning 3ta bazasi yakson qilinib, harbiy texnikalar yo‘q qilingan. Yana 11ta zarba Iroq hududida amalga oshirilgan hamda jangarilarning avtomobillari va boshqa transport vositalari ishdan chiqarilgan.