Sport | 12:09 / 11.01.2016
3753
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» va «Real» Germaniya yoshlar termasi futbolchisi Leroy Sane uchun kurashga qo‘shildi

Germaniyaning «Shalke-04» klubi yarimhimoyachisi Leroy Sanega Yevropaning grand jamoalaridan takliflar tushishi davom etmoqda.

Kicker nashri bergan xabarga ko‘ra, Germaniya yoshlar terma jamoasining 19 yoshli futbolchisiga nafaqat «Manchester Siti» va «Liverpul», balki «Barselona» va «Real» jamoalari ham qiziqish bildirishmoqda.

Qayd qilinishicha, Sane va Gelzenkirxen klubi o‘rtasida tuzilgan shartnoma 2019 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, unda futbolchining shartnomani bekor qilish bo‘yicha tovon puli ko‘rsatilmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Manchester Siti» yarimhimoyachi uchun 55 million yevro berishga tayyor ekani borasida xabarlar tarqatilgandi.