Jamiyat | 15:56 / 11.01.2016
7031
1 daqiqa o‘qiladi

Belgorodda shifokor bilan mushtlashuvdan so‘ng bemor olamdan o‘tgan shifoxonaning bosh shifokori ishdan bo‘shatildi

Rossiyaning Belgorod shahridagi 2-raqamli shifoxona bosh shifokori Vladimir Lutsenko egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Belgorod rasmiy sayti orqali xabar qilinishicha, uning boshchiligidagi muassasada bemor shifokor tomonidan o‘ldirib qo‘yilgani bunga sabab bo‘lgan.

Ilgariroq internetda shifoxonada olingan videorolik paydo bo‘lgan edi. Unda ko‘rinishicha, shifokor bemor ko‘rikdan o‘tkazilayotgan xonaga bostirib kirib, uni bir zarba bilan yiqitgan, so‘ng xastaning sherigini kaltaklagan. Zarba yeb yiqilgan bemor shu bilan o‘rnidan turmagan.

Ayni paytda shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatish, mehnat majburiyatlarini bajarish va boshqa masalalarda federal qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda.