Jahon | 19:46 / 11.01.2016
6608
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya samolyotlari IShIDga ilk marta Brimstone raketalari vositasida zarba yo‘lladi

Buyuk Britaniyaning RAF rusumli qiruvchi samolyotlari IShID pozitsiyalariga ilk marta Brimstone vositasida havo zarbalarini amalga oshirdi. Bu haqda britaniyaliklar bosh vaziri Devid Kemeronning matbuot xizmatiga asoslanib, Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Manbaning yozishicha, harbiy samolyotlar Brimstone rusumidagi "havo-yer" raketalarini yo‘llashgan.

Bundan oldinroq mamlakat mudofaa vaziri Maykl Fellon Suriyada IShID marralariga havo zarbalari berilishi kuchaytirilishi haqida ma'lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 2 dekabrida mamlakat parlamenti IShID marralariga zarba berilishini ma'qulladi. Ovoz berish chog‘ida bosh vazir Devid Kemeronning ushbu masaladagi taklifini vakillar palatasining 397 nafar deputati yoqlab, 223 nafar deputat esa qarshi chiqqandi. Ovoz berish yakunlanganidan so‘ng ikki soat o‘tib, Kiprdagi Akrotiri aviabazasidan ikkita Tornado qiruvchi samolyoti Suriyaga parvoz qildi.

Yangi yil boshida Kemeron Buyuk Britaniya 2016 yilda IShID g‘oyasini tarqatuvchilarga qarshi kurashishi haqida ma'lum qilgandi.