Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chegarasiz vrachlar»: Yamandagi klinikaga berilgan aviazarba natijasida 4 kishi halok bo‘ldi
«Chegarasiz vrachlar» tashkiloti Yamandagi klinikada sodir bo‘lgan otishmada 4 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi.
Yana o‘n kishi raketaning binoga tushishi oqibatida yaralangan. Aviazarba 10 yanvar kuni tongda Razix tumani Saada provintsisida uyushtirilgan.
Yaralanganlar orasida MSF’ning uch nafar xodimi bor, ulardan ikki nafari og‘ir holatda qolmoqda.
Qayd etilishicha, qurbonlar soni ortib boradi, chunki xarobalar ostida odamlar qolib ketgan bo‘lishi mumkin.
Zarba kim tomonidan yo‘llangani to‘g‘risida ma'lumot mavjud emas.
Avvalroq Yamanning Saada provinsiyasi “Chegarasiz vrachlar” tashkiloti klinikasiga berilgan aviazarba qurbonlari uch kishidan iborat ekani ma'lum qilingan edi.