Jahon | 12:09 / 11.01.2016
3353
1 daqiqa o‘qiladi

Eron TIV: Biz hozircha Ar-Riyod bilan aloqalarni uzmadik, ammo sabrning ham chegarasi bor

Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalarni uzgan bo‘lsada, ammo Eron hali bunga javob qaytargani yo‘q. Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif New York Timesga yo‘llagan xatida "Eronning sabri chegarasiz emasligi" haqida yozgan.

Rasmiy Tehron Saudiya Arabistonida shia xatibi qatl etilishini keskin qoralashda davom etgan.

Mamlakatda mazkur masalada namoyishlar bo‘lib o‘tib, Saudiyaning elchixonasi va konsulligi binosiga hujumlar uyushtirilgan edi. Aynan shu hodisa Ar-Riyodning Tehron bilan aloqalarni uzishiga olib kelgandi.

Eron TIV rahbarining qayd etishicha, uning o‘zi va Hasan Ruhoniy prezidentlik muddatining dastlabki kunlaridan boshlab Ar-Riyodga o‘zaro munosabatlarni yaxshilash borasida muloqotlar taklif etgan, ammo Saudiya bu boradagi chaqiriqlarga javob bermay kelgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish