Jamiyat | 09:45 / 11.01.2016
4603
2 daqiqa o‘qiladi

Jyennifer Lourens eng yaxshi aktrisa sifatida «Oltin globus» mukofotiga ega chiqdi

Amerikalik aktrisa Jyennifer Lourens eng yaxshi aktrisa sifatida «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi.

The New York Times nashri xabariga ko‘ra, unga bu mukofot Devid O. Rassell rejissyorligida ishlangan «Joy» kartinasidagi ijrosi uchun topshirilgan.

Bu nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikka da'vogarlar qatorida Lili Tomlin ("Grandmother"), Emi Shumer ("Trainwreck"), Meggi Smit ("Lady In The Van") va Melissa MakKarti ("Spy") kabi nomlar bor edi.

2012 yilda ham ushbu aktrisa "Mening yigitim tentak" filmidagi ijrosi uchun avval "Oltin Globus", biroz o‘tib "Oskar" bilan taqdirlangandi.

Keyt Uinslet ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa sifatida «Oltin globus» mukofotini oldi

Mett Deymon «Marsianin» filmi uchun «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi

Di Kaprio «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi