Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karlo Anchelotti: Peresning Benitesni ishdan bo‘shatish qarorini tushunishim qiyin
"Real" jamoasining sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti madridliklar rahbariyatining transfer siyosati bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Men bilaman, murabbiyning ishiga u ko‘rsatgan natija bo‘yicha baho berishadi. Men bilaman, uning natijasi qanday bo‘lishi muhokama qilish uchun zo‘r mavzu. Lekin men Peresning Benitesni ishdan bo‘shatish bo‘yicha qabul qilgan qarorini tushuna olmayapman. Axir hali mavsumning yarmigina o‘tgandi.
Hamisha murabbiyning qoniqarsiz natijalar uchun yakkash aybdor qilinishi to‘g‘ri emas.
Lekin har kim vaziyatdan o‘zi bilganicha chiqishi bor gap", deya Anchelottining gaplaridan iqtibos keltiradi Sina Sport.