Jahon | 11:35 / 11.01.2016
8810
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR Janubiy Koreyaga AQShning atom bombasi tashuvchining joylashtirilishiga yadroviy javob bilan tahdid qilmoqda

Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga qanotli raketalari va yadroviy kallaklari bo‘lgan V-52 strategik bombardimonchi samolyotini joylashtirayotgani munosabati bilan AQShga yadroviy javob bilan tahdid solmoqda.

KXDRning “Nodon sinmun” markaziy gazetasi esa AQShning Koreyaga qaratilgan siyosati muhokama qilingan “Atomga atom bilan, bu bizning javob” sarlavhali maqola chop etildi.

“Hozirda AQSh vaziyatni urush yoqasiga keltirib, Janubiy Koreyaga yadroviy strategik bombardimonchisini joylashtirish haqida so‘zlamoqda”, - tasdiqlaydi gazeta. Uning keltirishicha, Amerika “narsalarga real qarashi” va “Koreya bilan tarixiy qarama-qarshiliklardan xulosa chiqarishi lozim”. “Baxtimizga Koreya-Amerika konfrantatsiyasi (qarama-qarshiligi)da biz g‘olib chiqqanmiz”, - deya yozmoqda “Nodon sinmun”.

6 yanvar kuni KXDR AQSh tomonidan uyushtiriladigan tahdidlardan himoyalanish maqsadida vodorod bombasi sinovini o‘tkazganini ma'lum qilgan edi. Bunga javoban amerikaliklar Janubiy Koreyaga strategik qurollarni joylashtirishni boshladi.

Yakshanba kuni u yerga Tinch okeanidagi Guam orolida joylashgan Amerika bazasidan yadroviy kallakka ega qanotli raketalari bo‘lgan V-52 bombardimonchisi yetib keldi. Shuningdek, Janubiy Koreyaga Yaponiyada turgan "Ronald Reygan" atom avianosetsini jo‘natish masalasi ham muhokama qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish