Fan-texnika | 18:39 / 11.01.2016
6309
1 daqiqa o‘qiladi

Mercedes avtomobilning 130 yilligiga bag‘ishlab S63 AMG maxsus kabrioletini ishlab chiqardi

Mercedes-Benz kompaniyasi S 63 AMG kabrioletining 130 adaddagi cheklangan nusxasini chiqaradi. O‘ziga xos interer bilan ishlangan mazkur mashina avtomobil kashf qilinishining 130 yilligi munosabati bilan chiqarilmoqda.

Kabriolet kuzovi kumushrang ottenkalarda, tomi to‘q qizil rangda, 20 dyuymli g‘ildirak disklari qizil tormoz supportlariga ega. Intererning terili detallari ham shu rangda.

Bundan tashqari, Mercedes-AMG S63 salonida Edition 130 nomli raqamlash tizimi qo‘llanilgan. Fotografiyalarda ko‘rsatilgan kabrioletda birinchi raqam ko‘rsatilgan.

Dvigatel o‘zgarishlarga uchramadi: kapot ostida 5.5 l li 585 ot kuchiga ega V8 biturbomotori joylashgan. 9 diapazonli o‘tkazmalar qutisi bilan uyg‘unlikda u mashina tezligini 3.9 sekundda 100 km/soatga olib chiqadi.

Yangi mashina Germaniyada shu yilning aprelidan sotila boshlaydi. O‘ziga xos kabriolet narxi 226 457 yevroni tashkil qilib, bu oddiy S63 Cabriolet’dan 39 ming yevroga qimmatroqdir.