Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhojirlar muammosi tufayli Merkel Davos iqtisodiy forumiga safarini bekor qildi
Germaniya reyxskansleri Angela Merkel Davosda kechadigan xalqaro iqtisodiy forumiga safarini bekor qildi. Financial Times nashrining yozishicha, har yili ushbu forumda qatnashib kelayotgan Merkelning bu qarori mamlakat ichida muhojirlar muammosining keskinlashgani bilan bog‘liq.
Adliya vaziri Xayko Maasning ta'kidlashicha, Kyoln, Gamburg, Shtutgart va boshqa shaharlarda ayollarga uyushtirilgan hujumlar “uyushgan jinoyatchilikning mutlaqo yangi darajasi” bo‘lgan. U mazkur harakatlar oldindan tayyorlangan aksiya bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda.