Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymar: Messi va Ronaldudan nimadir olish kerak bo‘lsa ikkisidan bittadan oyoq olardim
FIFAning Tsyurixdagi shtab-kvartirasi hududidagi jurnalistlar "Oltin to‘p" uchun nomzodlari Ronaldu va Messidan keyin uchinchi nomzod, "Barselona" futbolchisi Neymardan intervyu olishdi.
Kuchli uchlikka kirgani haqida
Men bu marosimda bu ikki ajoyib, meni hamisha hayratga solgan futbolchilar bilan birga turganimdan juda baxtiyorman. Umid qilamanki, bu yergan yana qaytaman. Umid qilamanki, jamoamiz g‘alaba qilishda davom etadi va men yana kuchli uchlikka kiraveraman.
O‘z natijalarimdan qoniqaman. Natijalarim uchun Messi va boshqa jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildirishim kerak.
Messi va Ronaldu haqida
O‘ylaymanki, biz har birimiz alohida maqsadga egamiz va har kimning o‘z tarixi bor. Bu ikki futbolchi o‘ziga xos tarix yaratgan. Agar Messi va Ronaldudan nimadir olish kerak bo‘lsa ikkisidan bittadan oyoq olardim.
Messi haqida
Men nafaqat uning maydondagi harakatlaridan, balki uning insoniylik fazilatlaridan hayratga tushaman. Messi men uchun kumirdir. U 9 marta "Oltin to‘p" uchun nomzod bo‘ldi. Bu men uchun ajoyib o‘rnak. Men unga o‘xshashga harakat qilaman va u kabi rekordlar o‘rnatishni maqsad qilaman. Umid qilamanki, uni takrorlay olaman.