Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: ikki kishi yadro sinovi bo‘lib o‘tadigan kunda KXDRdan qochib ketgan
30 yoshlar atrofida bo‘lgan erkak va ayol Amnokkan daryosi orqali Xitoyga qochib ketishdi, deya xabar bermoqda OAV.
Ular oldin tanish bo‘lishmagan. Hozirgi vaqtda ular Xitoyda yashiringan.
Ryonxap agentligi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 6 yanvar – shimoliy koreyalik harbiylar tomonidan to‘rtinchi yadro sinovi o‘tkaziladigan kunda KXDR aholisi bo‘lgan ikki kishi Amnokkan daryosi orqali mamlakatdan qochib ketgan.
Qochib ketganlar to‘g‘risida shunisi ma'lumki, ular oldin tanish bo‘lishmagan, biroq bir vaqtda qochib ketishga qaror qilganlar. Aytish joizki, ularning oilalarida Shimoliy Koreyadan qochib ketish holatlari oldin ham bo‘lgan.
Seulda nashr etilgan ma'lumotlarga qaraganda, shimoliy koreyaliklarning Janubiy Koreyaga qochib ketishi holatlari amaldagi KXDR yetakchisi Kim Chen Inning to‘rt yil muqaddam hukumatga kelishidan keyin ikki marta qisqargan.
Koreya Respublikasi milliy birlashuv ishlari bo‘yicha vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda Xitoy va boshqa mamlakatlar orqali Janubiy Koreyaga KXDRning sobiq 1277 nafar fuqarosi kelgan, bu esa 2011 yildagi 2706 nafar qochib ketganlar ko‘rsatkichiga qaraganda 52,8 foizga kam.
2011 yilda Kim Chen Irning vafot etishidan so‘ng, Shimoliy Koreyada hokimiyatni o‘z otasidan meros qilib olgan Kim Chen In kelgach, bu ko‘rsatkich har yili pasayib boryapti.