Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama suriyalik qochoqni o‘zining har yillik yanvar oyidagi omma oldidagi chiqishiga taklif etdi
AQSh Prezidenti Barak Obama o‘zining har yillik so‘nggi omma oldidagi “Mamlakat holati to‘g‘risida”gi chiqishiga suriyalik qochoqni taklif etdi, deya xabar bermoqda USA Today.
Nashriyotning qayd etishicha, bu yo‘l bilan Obama respublikachilarning terroristik xavf tufayli AQShga suriyalik qochoqlarni qabul qilishga oid cheklovlariga qarshi chiqyapti.
Detroytda istiqomat qiluvchi 55 yoshli suriyalik Rifai Xamo prezidentning murojati mobaynida birinchi xonim Mishel Obama bilan bir qatorda o‘tiradi.
Obama 12 yanvar kuni murojat bilan chiqish qiladi.
Bundan avvalroq AQSh prezidenti nomzodlardan xech birini qo‘llamasligi ma'lum qilingan edi.