O‘zbekiston | 14:07 / 11.01.2016
4822
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda «Orol dengizi ofati» pochta markasi chiqarildi

«O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan tayyorlangan «Orol dengizi ofati» nomli pochta markasi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2016 yil 5 yanvaridan muomalaga kiritildi. Bu haqda «O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan ma'lum qilingan.

«Orol dengizi ofati» nomli pochta markasi Butunjahon pochta ittifoqining tavsiyasiga binoan «Orol dengizi ekologik ofati oqibatlarini yumshatish» mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, pochta bloki ko‘rinishida chop etilgan.

Pochta markasida Orol dengizi ekologik ofati tasvirlangan. Pochta blokida «Orol dengizi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish» so‘zlari lotin grafikasida yozilgan.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 52×37 mm. Pochta blokining o‘lchami 100×80 mm. Adadi 7 ming nusxa.

Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.