Jahon | 14:10 / 11.01.2016
5376
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: NATOning Yevropada hokimlik qilish niyati inqirozlarga olib keldi

Agarda NATO mintaqada yakkahokimlikka intilmaganida, Yevropadagi inqirozlar bu qadar og‘riqli va uzoq muddatli bo‘lmas edi, deb ta'kidladi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniyaning Bild nashriga bergan intervyusida.

“Keksa va aqlli nemis, janob Egon Bar taklif etilganiday qilishganida, Yevropani birlashtiruvchi yangi narsa yaratishar edi, inqirozlarni yengib o‘tishar edi, - dedi Rossiya yetakchisi. – Boshqa vaziyat va boshqa muammolar bo‘lar edi.

Balki ular bu darajada o‘tkir bo‘lmas edi”.Ilgariroq Putin NATOning kengayish siyosati xalqaro xavfsizlikka zid kelishini ta'kidlab o‘tgani haqida xabar qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish