Sport | 22:24 / 11.01.2016
28603
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu "Oltin to‘p" marosimi boshlanishi arafasida kutilmagan so‘zlarda intervyu berdi

Ayni vaqtda FIFAning Tsyurixdagi shtab-kvartirasi hududida "Oltin to‘p" mukofotini topshirish marosimi munosabati bilan bo‘lib turgan "Real" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

"Men Messining chap oyog‘iga havas qilaman. Uning chap oyog‘i mening chap oyog‘imdan yaxshiroq harakat qiladi. Undan nimadir olish kerak bo‘lsa, chap oyog‘ini olgan bo‘lardim", degan u.

U o‘zining "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish uchun qay darajada imkoni borligi haqidagi savollarga javob bergan.

"Leoda g‘oliblik uchun ko‘proq imkoniyat bor. Messi yoki Neymarning g‘olib chiqishidan hayron bo‘lmayman.

Men bu yerga men uchun ham ovoz berishgani uchun kelganman", deydi Ronaldu.