Jamiyat | 16:16 / 11.01.2016
2292
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada World Class “1-raqamli fitnes klublari tarmog‘i” deb atalishi taqiqlandi

Rossiya federal aksilmonopoliya xizmati Moskva bo‘linmasi World Class fitnes klublari tarmog‘iga o‘zini “1-raqamli” deb atashni taqiqladi. Bu haqda idoraning sayti orqali xabar qilindi.

Aytilishicha, 2015 yil yozida “KONDe NAST” XAJ tekshirilganida World Class “1-raqamli fitnes klublari tarmog‘i” deb atalgan reklama mahsulotlari qayd qilingan.

Shu bilan birga, reklamada mazkur ta'kidni tasdiqlovchi konkret kriteriylar va faktlar keltirilmagan. Ish ko‘rib chiqilishi chog‘ida javobgar “1-raqamli fitnes klublari tarmog‘i” so‘zlari World Class tovar belgisi tarkibiga kiritilganini e'tirof etgan.

Lekin bu yetarli darajada asos bo‘la olmaydi, negaki, aksilmonopoliyachilar fikricha, bu so‘zlar mualliflik huquqi bilan qo‘riqlanmaydigan unsur sifatida ro‘yxatga olingan.
“Maqtov xarakteridagi ta'riflar tovar belgisiga huquq egasining talabi bilan kiritilishi mumkin, lekin bu reklama beruvchilarni o‘z ustunligini isbotlab berish majburiyatidan xalos qilmaydi”, - deyiladi xabarnomada.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish