Jamiyat | 16:38 / 11.01.2016
3232
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya suriyalik qochqinlarga ishlash uchun ruxsatnoma berishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

Turkiya suriyalik qochqinlarga ishlash huquqini beruvchi ruxsatnomalar tarqatishni rejalashtirmoqda. Reuters agentligining ma'lum qilishicha, shu yo‘l bilan migratsion inqiroz oqibatlarini yumshatmoqchi.

Turkiya yevrointegratsiya masalalari vaziri Volkan Bo‘zqirning so‘zlariga qaraganda, 2015 yilda norasmiy muhojirlar soni 150 ming kishiga ko‘paygan. Turkiya har kuni chegarada o‘rtacha 500 noqonuniy muhojirni qo‘lga oladi.