Jahon | 14:00 / 11.01.2016
2569
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy KXDRning yadroviy sinovlari oqibatlarini tekshirish uchun atrof-muhitni monitoring qilmoqda

Xitoy KXDRning yadroviy sinovlari oqibatlarini tekshirish uchun atrof-muhitni monitoring qilmoqda. Reuters agentligining ma'lum qilishicha, mazkur ishlarga 500dan ortiq mutaxassis jalb qilingan.

Hukumat vakillarining so‘zlariga qaraganda, nazorat Shimoliy Koreya bilan chegaradagi hududlarda amalga oshiriladi. Bularga Tszilin, Lyaonin, Xeyluntszyan va Shandun viloyatlari kiradi. Shuningdek, monitring Pekinda o‘tkazilish, agar zarur bo‘lsa, unga Tszyansu va Shanxay mutaxassislari qo‘shilishi aytildi.

Monitoringda jami 37 statsionar va 14 mobil stansiya ishtirok etadi; qordan, tuproqdan va havodan namunalar olinib, o‘rganiladi.Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni KXDR rahbari vodorod bombasining muvaffaqiyatli sinovlari o‘tkazilganini xabar qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish