Texnologiya | 19:26 / 11.01.2016
3387
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning Buick krossoveri AQShdagi xaridlarga tayyorlanadi

Buick kompaniyasi Envision krossoverining AQSh bozoriga mo‘ljallangan versiyasini ko‘rsatdi. General Motors kompaniyasining Xitoyda AQSh uchun ishlab chiqarayotgan birinchi modeli bo‘lgan bu mashina Audi Q5, Acura RDX va Lincoln MKC mashinalariga raqobatchi bo‘lishi aytilmoqda. XXR bozoriga mo‘ljallangan modifikatsiya 2014 yili namoyish etilgan edi.

Envision’ning gabarit uzunligi 4666 mm ni, kengligi 1839 mm ni, balandligi 1697 mm ni tashkil qiladi. Krossoverning g‘ildirak bazasi 2740 mm ga teng. Audi Q5 37 mm ga kaltaroq, 59 mm ga kengroq va 42 mm ga pastroqdir. G‘ildirak bazasidagi farq nemis yo‘ltanlmasi foydasiga 67 mm dir.
Envision uchun faqat bitta dvigatel taklif qiladi: 2 l li alyuminiyli “to‘rtlik”. Motor quvvati 255 ot kuchiga ega. Agregat faqat 6 diapazonli avtomatik transmissiya bilan uyg‘unlikda ishlaydi.

Envision krossoveri kompaniyaning ko‘p funksiyali rul g‘ildiragiga ega modeli bo‘ldi.
Envision’da o‘rnatilgan uskunalar ichiga 8 dyuymli ekranli IntelliLink multimedia tizimi, Wi-Fi tarmog‘i, 19 dyuymli g‘ildirak disklari, 3 zonali iqlim nazorati tizimi, g‘ildirak gardishi va o‘rindiqlarni isitish tizimi, old o‘rindiqlar elektron privodi, panoramali tom, Bose audiotizimi, shuningdek, kalitsiz o‘t oldirish funksiyasi kiradi.

Buick Envision Xitoyda yig‘iladi. Yo‘ltanlamas xaridlari AQShda 2016 yilning ikkinchi choragidan sotila boshlanadi. U Detroytdagi motorshouda namoyish qilinadi.
Detroyt avtosalonida Buick kompaniyasi, shuningdek, Avista kontseptual kupesini namoyish etadi. Prototip 3 l li V6 tvin-turbo motori bilan jihozlangan bo‘lib, uning quvvati 400 ot kuchiga teng.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish