Jamiyat | 13:54 / 12.01.2016
4739
1 daqiqa o‘qiladi

“Gazprom” farroshining mashinasidan 300 ming rublli sumka o‘g‘irlab ketildi

Moskvada “Gazprom” korporatsiyasi farroshining mashinasidan 300 ming rubl turadigan Dior sumkasi o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda 12 yanvar kuni mahalliy telekanallardan birida xabar qilindi.

Xoldingning 44 yoshli xodimasiga tegishli Mitsubishi Outlander yo‘ltanlamasi “Rumyantsevo” savdo markazi avtoturargohiga qo‘yib ketilgan edi. Ta'kidlanishicha, mashina bu yerda 3 daqiqa turgan, qaytib chiqqanida esa eshik ochiqligini ko‘rgan.

Salondan timsoh terisi bilan qoplangan sumka, bank kartalari va hujjatlar o‘g‘irlab ketilgan.Politsiya voqeadan boxabar qilindi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.